Xalqaro malakaga ega ingliz tili oʻqituvchisi boʻling
Ingliz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish
Oʻqituvchilik faoliyatingizni xalqaro standartga olib chiqing
3 000+ oʻquvchi · 4.6 / 5 bitiruvchilar bahosi · 2021-yildan beri
Akkreditatsiya, tasdiq va nazorat
Ofqual nazoratida — Buyuk Britaniya davlat organi
- 3 000+
- oʻquvchi
- 4.6 / 5
- bitiruvchilar bahosi
- 2021
- tashkil topgan yil
- Level 5
- TEFL malakasi
Diplomingiz bor. Ammo professional rivojlanish shu bilan tugamaydi.
Universitet diplomi oʻqituvchilik uchun muhim asos beradi. Malaka oshirish kursi esa zamonaviy oʻqitish metodikasi, dars rejalashtirish va sinfni boshqarish kabi koʻnikmalarni chuqurlashtirishga yordam beradi.
Siz shunchaki sertifikat olmaysiz. Siz oʻqituvchilik koʻnikmalaringizni rivojlantirasiz.
Oʻqitish metodikasi
Ingliz tilini oʻqitishning zamonaviy usullarini oʻrganing va ularni amaliyotda qoʻllang.
Amaliy tayyorgarlik
Dars rejalashtirish, sinfni boshqarish va amaliy dars berish orqali koʻnikmalaringizni rivojlantiring.
Xalqaro malaka
Dastur talablarini muvaffaqiyatli bajaring va Level 5 TEFL malakasiga ega boʻling.
Bu oddiy sertifikat kursi emas. Bu oʻqituvchilar uchun jiddiy malaka oshirish dasturi.
2021-yildan buyon 3 000 dan ortiq oʻqituvchi shu dasturdan oʻtdi.
Dasturlar
Ofqual nazoratidagi ikki yoʻnalish: toʻliq malaka beradigan asosiy diplomlar va aniq sohaga ixtisoslashtiradigan 60 soatlik Award lar.
Asosiy kurslar
Ingliz tili oʻqituvchisiga kerak boʻladigan malakani toʻliq qamrab oladigan diplomlar.
- Diploma180 oʻquv soati180 soatlik Level 5 TEFL DiplomiAkademiyaning asosiy dasturi. Grammatika va lugʻatdan tortib dars rejalashtirish va sinfni boshqarishgacha — oʻn modul.
- Advanced TEFL Diploma300 oʻquv soati300 soatlik Level 5 Advanced TEFL DiplomaTEFL yoʻnalishidagi eng yuqori bosqich. Tajribali yoki karyerasini uzoq muddatga qurmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar uchun.
Level 5 Award lar
Bitta yoʻnalish boʻyicha ixtisoslashtiradigan 60 soatlik qisqa malakalar.
- Award60 oʻquv soatiImtihonlar uchun ingliz tilini oʻqitishIELTS, TOEIC va FCE kabi imtihonlarga tayyorlaydigan oʻqituvchilar uchun ixtisoslashgan malaka.
- Award60 oʻquv soatiBiznes ingliz tilini oʻqitishKorporativ mijozlar va ish muhitidagi muloqot uchun ixtisoslashgan malaka.
- Award60 oʻquv soatiMasofadan va yakkama-yakka dars berishBir oʻquvchi bilan va masofadan ishlash metodikasi boʻyicha ixtisoslashgan malaka.
- Award60 oʻquv soatiBoshqa fanlarni ingliz tilida oʻqitish (CLIL)Fan mazmunini ingliz tilida yetkazish — CLIL yondashuvi boʻyicha ixtisoslashgan malaka.

Siz olayotgan malaka haqida bilishingiz kerak boʻlgan narsalar
Level 5 TEFL malakasi oʻqituvchilar uchun malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganingizni tasdiqlaydi.
- Kim beradi
- Highfield Qualifications — Buyuk Britaniyaning eng yirik sertifikatlovchi tashkilotlaridan biri. U Ofqual (Angliya), Qualifications Wales, Qualifications Scotland Accreditation, CCEA (Shimoliy Irlandiya) va Security Industry Authority nazorati ostida ishlaydi. Bu diplom Ofqual reyestrida QAN 610/5386/7 raqami bilan qayd etilgan va istalgan vaqtda mustaqil ravishda tekshirilishi mumkin.
- Hujjat nomi
- Highfield Level 5 Diploma in Teaching English as a Foreign Language (TEFL)
- Malaka raqami
- 610/5386/7
- Oʻquv soati
- 180 soat
Sizni oʻqitadigan mutaxassis bilan tanishing
Akademiyaga 2021-yilda Feruzjon Sharipov asos solgan. Asosiy metodika darslarini bugungi kunda ham oʻzi olib boradi.

Feruzjon Sharipov
Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Webster University in Tashkent shtatdan tashqari oʻqituvchisi — akademik maqsadlar uchun ingliz tili kursini olib boradi. Shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi.
- Tajriba
- Ingliz tili oʻqitish metodikasi boʻyicha 10 yillik oʻqituvchilik tajribasi. 2021-yildan buyon akademiyada 3 000 dan ortiq oʻqituvchi malaka oshirgan.
- Oʻzi oʻqitadigan qismlar
- Highfield Level 5 TEFL Diploma dasturining asosiy metodika modullari — oʻqitish yondashuvlari va metodlari, dars rejalashtirish, sinfni boshqarish va baholash.
Hujjatlari
- PhD (filologiya fanlari)
- MA in TESL, Webster University (2019)
- CELTA, Cambridge Level 5
- Cambridge Train the Trainer
- Highfield Level 5 TEFL Diploma (Ofqual)
- TEFL: Business English va Young Learners
Biz haqimizda
Biz Oʻzbekistonda Ofqual nazoratidagi oʻqituvchilik malakalarini beruvchi tashkilotmiz — The TEFL Institute of Ireland ning rasmiy hamkori sifatida ishlaymiz.
2021-yildan buyon mamlakat boʻylab 3 000 dan ortiq ingliz tili oʻqituvchisini tayyorladik. Dasturlarimiz malakasini Highfield Qualifications beradi va ular Ofqual reyestriga kiritilgan — yaʼni Toshkentda oladigan diplomingiz Buyuk Britaniyada olingani bilan bir xil rasmiy maqomga ega.
Nimalarni beramiz
Ofqual nazoratidagi oltita malaka: Level 5 TEFL Diploma, Level 5 Advanced TEFL Diploma va Business English, Teaching English Online and One-to-One, English for Exams hamda CLIL yoʻnalishlari boʻyicha toʻrtta 60 soatlik Level 5 Award.
Kim oʻqitadi
Dasturlarimizni sinf oʻqituvchilari emas, oʻqituvchi tayyorlovchi mutaxassislar olib boradi. Har biri AQSh va Buyuk Britaniya universitetlarining oliy oʻquv yurtidan keyingi malakasiga ega va hozirda Webster University Tashkent yoki Westminster International University in Tashkent da maʼruza oʻqiydi. Bu farq muhim: ingliz tilini oʻqitish va ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash — turli kasblar, ular turli malakani talab qiladi. Jamoamizda oʻqituvchi tayyorlash boʻyicha 20 yildan ortiq tajriba bor — sinfdagi tajriba «ekspertlik» deb qayta nomlangani emas.
Hamkorimiz
The TEFL Institute of Ireland (Highfield Centre 21335) — Yevropadagi tanilgan TEFL provayderlaridan biri. Hamkorlik Oʻzbekistondagi oʻquvchilarga ularning tartibga solingan malakalari toʻliq roʻyxatidan bevosita foydalanish va qoʻsh brendli sertifikat olish imkonini beradi.
Ishdan ajralmagan holda oʻqish mumkinmi?
Ha. Dastur gibrid shaklda oʻtadi: nazariya ish vaqtidan soʻng Zoom orqali jonli, amaliy mashgʻulotlar esa dam olish kunlari Toshkentda sinfda oʻtkaziladi. Oʻquv dasturi va baholash talablari bir xil.
Sinfda — Toshkent
- Haftada uch marta
- Har darsda ikki soat
Gibrid — istalgan joydan
- Nazariya — Zoom orqali jonli. Malakali oʻqituvchi-trener bilan real vaqtda dars.
- Amaliy mashgʻulotlar — sinfda. Dam olish kunlari kun boʻyi oʻqitish va oʻrganish mashgʻuloti.
3 000+ oʻquvchi biz bilan oʻqidi. Endi ularning hikoyalarini koʻring.
Bitiruvchilarimiz kursdan keyingi oʻzgarishlar haqida oʻzlari soʻzlab berishdi.
- 4.6 / 5
- bitiruvchilar bahosi
- 4.7 / 5
- doʻstiga tavsiya qilishga tayyor
- 3 000+
- oʻquvchi biz bilan oʻqidi
Bitiruvchilar nima deydi
Kursni tugatganlar oʻz nomidan yozgan fikrlari. Har bir izoh chiqarilishidan oldin tekshiriladi.
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikringizni yozing.
Oʻz fikringizni qoldiring
Kursni tugatgan boʻlsangiz, fikringiz keyingi oʻqituvchiga yordam beradi.
Nega aynan bizni tanlashadi
Malaka Ofqual nazoratida
Highfield Qualifications — Buyuk Britaniya tashkiloti. U Ofqual, yaʼni Britaniya davlat organi nazorati ostida ishlaydi.
Toʻlovni boʻlib toʻlaysiz
Uchta variant bor: toʻliq oldindan toʻlasangiz 2 000 000 soʻm chegirma, yarmini oldindan toʻlasangiz 1 000 000 soʻm chegirma, yoki muddatli toʻlov.
Bu malaka oshirish, hujjat sotish emas
2 oy davomida toʻliq oʻquv jarayoni: darslar, mustaqil topshiriqlar va muntazam baholash.
Baholash shaffof
Baholash mezonlari oldindan eʼlon qilinadi. Yakuniy natijani xalqaro sertifikatlovchi tashkilot belgilaydi.
Gibrid — istalgan viloyatdan
Nazariya Zoom orqali jonli oʻtadi — mamlakatning istalgan joyidan qatnashasiz. Amaliy mashgʻulotlar Toshkentda sinfda oʻtkaziladi. Dastur va baholash talablari bir xil.
Asosiy darslarni asoschi olib boradi
Akademiya asoschisi Feruzjon Sharipov asosiy metodika darslarini shaxsan oʻzi oʻtadi.
Koʻp beriladigan savollar
Savolingizga javob topmadingizmi? Mutaxassislarimiz bepul maslahat beradi.
Menda universitet diplomi bor. Bu kurs menga nima beradi?
Universitet diplomi asos beradi, malaka oshirish kursi esa amaliy oʻqitish koʻnikmalarini chuqurlashtiradi: zamonaviy oʻqitish metodikasi, dars rejalashtirish, sinfni boshqarish va baholash. Yakunda esa xalqaro malaka hujjati qoʻlingizda boʻladi.
16 mln soʻm qimmat emasmi?
Narx ichiga oʻqish, oʻquv materiallari, baholash, yakuniy imtihon va malakani rasmiylashtirish kiradi — qoʻshimcha toʻlov yoʻq. Toʻliq oldindan toʻlaganda 2 000 000 soʻm chegirma boʻladi va summa 14 000 000 soʻmga tushadi. Boʻlib toʻlash imkoniyati ham bor.
Malaka hujjati haqiqiymi?
Ha. Uni Buyuk Britaniyaning Highfield Qualifications tashkiloti beradi. Bu tashkilot Ofqual — Britaniya davlat organi — nazorati ostida ishlaydi. Malaka raqami: 610/5386/7. Har bir sertifikatni Highfield saytida raqami boʻyicha tekshirsa boʻladi.
Viloyatdan turib oʻqish mumkinmi?
Ha, mumkin. Dastur gibrid: nazariya Zoom orqali jonli oʻtadi, shuning uchun istalgan viloyatdan qatnashasiz; amaliy mashgʻulotlar Toshkentda sinfda boʻladi. Oʻquv dasturi va baholash talablari bir xil.
Ingliz tilim qanday darajada boʻlishi kerak?
Kursda oʻqish uchun kamida B2 darajasidagi sertifikat boʻlishi kerak.
Kurs qancha davom etadi?
2 oy. Darslar haftada 3 marta, kechqurun soat 19:00 dan 21:00 gacha oʻtadi — jami haftasiga 6 soat. Ular orasida mustaqil topshiriqlar bajariladi.
Toʻlovni boʻlib toʻlash mumkinmi?
Ha. Uchta variant bor. 100% oldindan — 14 000 000 soʻm (2 000 000 soʻm chegirma bilan). 50% oldindan — 15 000 000 soʻm: boshida 8 000 000, qolgan 7 000 000 soʻm 2 oy ichida. Muddatli toʻlov — 16 000 000 soʻm: boshlangʻich 4 000 000, qolgan 12 000 000 soʻm 4 oy davomida har oy 3 000 000 soʻmdan. Chegirmalar faqat oldindan toʻlov qilinganda amal qiladi.
Malaka hujjati qachon beriladi?
Imtihonlarni toʻliq yakunlaganingizdan soʻng 14 ish kuni ichida keladi. Asl nusxasi shartnoma toʻlovi toʻliq yakunlangach topshiriladi.
Kurs narxiga nimalar kiradi?
Oʻqish, oʻquv materiallari, baholash, yakuniy imtihon va malakani rasmiylashtirish. Qoʻshimcha toʻlov yoʻq.
Toifa va attestatsiyada yordam beradimi?
Ha. Sertifikatni olganingizdan keyingi 3 yil ichida majburiy attestatsiya navbatingiz kelsa, imtiyoz beriladi — test topshirmaysiz. Shu muddat ichida 50% ustama ham amal qiladi.
Toʻlov qilgach natija boʻlmasa-chi?
Shartnomada tartib aniq yozilgan. Akademiya oʻquv jarayoni va imtihonga tayyorgarlik uchun javob beradi. Malakani esa Highfield Qualifications faqat kurs davomidagi va yakuniy imtihondan oʻtgan ishtirokchiga beradi. Kurs boshlanib, oʻquv platformasida shaxsiy kabinet ochilganidan keyin toʻlovlar qaytarilmaydi.
Imtihondan oʻtolmasam nima boʻladi?
Ishingiz qayta yozish uchun qaytarilishi mumkin. Bu jarayon xalqaro sertifikatlovchi tashkilotning talablari asosida olib boriladi. Yakuniy bahoni oʻsha tashkilot belgilaydi — akademiya uni oʻzgartira olmaydi.
Sizga qulay toʻlov variantini tanlang
50% oldindan toʻlov
15 000 000soʻm
- 1 000 000 soʻm chegirma
- Boshida 8 000 000 soʻm
- Qolgan 7 000 000 soʻm — 2 oy ichida
Muddatli toʻlov
16 000 000soʻm
- Chegirmasiz, toʻliq narx
- Boshlangʻich 4 000 000 soʻm
- Qolgan 12 000 000 soʻm — 4 oy, har oy 3 000 000 soʻm
Chegirmalar faqat oldindan toʻlov qilinganda amal qiladi.
Narx toʻliq koʻrsatilgan. Oʻquv materiallari, baholash, yakuniy imtihon va malakani rasmiylashtirish xarajatlari shu summaga kiritilgan. Qoʻshimcha toʻlovlar nazarda tutilmagan.
Kursga sarflagan mablagʻingiz qachon oʻzini qoplashi mumkin?
Hozirgi oyligingizni kiriting — taxminiy hisob-kitobni koʻrsatamiz.
Bu taxminiy hisob-kitob. Real daromad va natijalar individual holatga bogʻliq. Hisob 50% ustama meʼyoriga va chegirmasiz toʻliq narxga (16 000 000 soʻm) asoslangan; ustama sertifikat olingan kundan boshlab 3 yil davomida amal qiladi.
Arizadan malakagacha — 7 qadam
Ariza qoldirasiz
Ism va telefon raqamingizni qoldirasiz
Siz bilan bogʻlanamiz
Barcha savollaringizga javob beramiz
Sertifikatingizni tekshiramiz
Kamida B2 darajasidagi sertifikat talab qilinadi
Shartnoma tuzamiz
Toʻlov shaklini oʻzingiz tanlaysiz
2 oy oʻqiysiz
Darslar, mustaqil topshiriqlar va baholash
Imtihon topshirasiz
Baholash mezonlari oldindan maʼlum
Malaka olasiz
Imtihonlardan soʻng 14 ish kuni ichida
Manzil va aloqa
- Manzil
- Toshkent, Chilonzor tumani, Muqumiy koʻchasi
- Novza metrosidan 10 daqiqa yurasiz
- Xaritada ochish va yoʻnalishni koʻrish
- Ish vaqti
- Dushanbadan shanbagacha, 09:00 dan 18:00 gacha
Professional rivojlanishingizni keyingi bosqichdan boshlang.
Dastur, malaka, oʻqish formati va toʻlov variantlari haqida mutaxassis bilan bepul konsultatsiya oling.











